Boshlanish Vaqti — 5 августа Kurs Davomiyligi 8 Oyga Mo'ljallangan Talim materiallari 20 ta video darsdan iborat. Har bir darsning davomiyligi — 25 daqiqa Haftada 1 marta jonli Vebinar
Hadisshunoslik-Hadis ilmi Haqida:
Bu Rasululloh ﷺ sunnatini to‘g‘ri anglash, ishonchli manbalar bilan tanishish va hadis ilmlarini puxta o‘rganishni xohlagan barcha izlanuchilar uchun tashkil etilgan ilmiy onlayn markazdir.
Akademiyaning asosiy maqsadi — Sunnatni asl manbalaridan o‘rgatish, hadislarning to‘g‘riligini baholash qoidalarini tushuntirish va mustahkam ilmiy asos yaratish.
Akademiya darslari asosan “Hadis istilohlari (مصطلح الحديث)”, ya’ni hadisning sahih yoki zaif bo‘lishini belgilovchi mezonlar, sanad va matn tahlili, roviylarning adolati (roviyining dindorligi, taqvosi va axloqan ishonchli bo‘lishi)va zabti (roviyining eshitgan hadisini aniq yodlab saqlashi va uni xatosiz rivoyat qila olish qobiliyati), jarh va ta’dil (roviylarni tanqid va tasdiqlash ilmi) , hadis turlari hamda hadis ilmlarining asosiy qoidalariga bag‘ishlanadi. Darslar eng ishonchli manbalar, xususan, Shayx Mahmud at-Tahhānning mashhur “Taysīr Mustalah al-Hadith” kitobi asosida olib boriladi.
Hadisshunoslik Talim mazmuni:
Maqsadimiz— bu ilmni hammaga tushunarli, sodda va ishonchli qilib yetkazish. Darslar bosqichma-bosqich, osondan murakkabga tamoyili asosida olib boriladi.
Hadislarning toifalari:Sahih, Hasan va Zaif. Zaif hadisni sahih hadislerden ajratish.
Eng mashhurhadis manbalari bilan tanishish.
Har dars uchun qo‘shimchaİlmiy izohlar va Misollar.
"Sahih al Buxoriy" va Sahih Muslim"ningqabul mezonlari, qaysi hadisler eng sahih darajada ekanligi, ikki muhaddis metodining o'zaro fargi va o'xshashliklari izohlanadi.
Asosiy manbalar bilan ishlash.Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovudkabi kutublar bilan ishlash, manbalarda hadisni tapish.
Darslar yakunida qanday amaliy tajribaga ega bo'lasiz ?
Hadis istilohlarini to‘g‘ri tushunish va qo‘llash
Hadis sanadlarini tahlil qilish malakasi
Roviylarni baholash (jarh va ta‘dil) asoslarini anglash
Hadislar darajasini mustaqil aniqlashga kirishish
Fiqhiy va aqidaviy masalalarda hadisdan foydalanish madaniyati
Hadis ilmi manbalarini o‘qish va tushunishga tayyorgarlik
HADİSSHUNOSLIK
Boshlanish Vaqti — 15 Yanvar.
Video darslar, PDF qo'llanmalar, jonli vebinarlar, ustoz nazorati.
1 bosqich
Mustalah al-Hadīs (Asosiy tayanch bosqich)
Asosiy manbalar:
Shayx Muhammad Tahhān — Taysīr Mustalah al-Hadīs
Taysīr al-Mustalah al-Hadīs
Mazmuni:
Hadis, sunnat, khabar, asar tushunchalari
Sanad va matn
Sahih, hasan, zaif hadislar
Hadis turlari (marfū‘, mawqūf, maqtū‘ va boshqalar)
Bosqich natijasi: Talaba hadis istilohlarini to‘g‘ri tushunadigan va hadisga ilmiy yondasha oladigan darajaga yetadi.
2 bosqich
40 Hadīs an-Nawawī (Yodlash va tushunish bosqichi)
Asosiy kitob: Al-Arba‘īn an-Nawawiyya
Mazmuni:
40 hadisni yodlash
Har bir hadisga qisqa sharh va ishoralar
Hadislarning fiqhiy va axloqiy xulosalari
Bosqich natijasi: Talaba asosiy hadislarni yoddan biladi va ularning umumiy ma’nosini tushunadi.
3 bosqich
Sahīh al-Bukhārī (Tanlangan hadislar tahlili)
Asosiy manba: Sahīh al-Bukhārī
Mazmuni:
Tanlangan sahih hadislar
Sanad va matnning soddalashtirilgan tahlili
Hadisdan chiqariladigan fiqhiy va tarbiyaviy natijalar
Bosqich natijasi: Talaba sahih hadis bilan ilmiy muomala qilishni o‘rganadi va hadisni to‘g‘ri tushunishga odatlanadi.
4 bosqich
ʿIlm at-Takhrīj al-Hadīs (Yakuniy amaliy bosqich)
Mazmuni:
Hadisni manbalaridan izlab topish
Hadis darajasini aniqlashda foydalaniladigan yo‘llar
Kutub as-sitta bilan tanishish (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Abu Dovud) Zamonaviy manbalar bilan ishlash asoslari
Bosqich natijasi: Talaba hadisni tekshirish madaniyatiga ega bo‘ladi va noto‘g‘ri hadislarni tarqatishdan saqlanadi.
Kurs Muallifi Haqida:
TOHIR ABDULG'ANI ABDULLOH
Akademiya asoschisi va kuratori
Men 1975-yil O‘zbekistonda dunyoga keldim. 16 yoshimda “Ma’rifat” madrasasida diniy ta’lim oldim. 1995-yilda Saudiya Arabistoni Madinadagi Islom Universitetiga o‘qishga qabul qilindim. Dastlab Arab tili va Filologiyasi institutining ikki yillik dasturini muvaffaqiyatli tugatdim. Undan keyin 6 yil shu universitetning Hadis fakultetida tahsil olib, hadis ilmi bo‘yicha chuqur ixtisoslashdim. 2003-yilda O‘zbekistonga qaytib, Mulla Abdug‘affor Haji masjidida imam-xatib lavozimida faoliyat boshladim. 2006-yilda Toshkent shahri, Mulla Holmurod Ota masjidiga imam-xatib etib tayinlandim va ushbu masjidda bir necha yil xizmat qildim. 2010-yil oxirlarida ilmiy faoliyatni davom ettirish maqsadida Misr Arab Respublikasiga ko‘chdim. Qohirada joylashgan Arab Davlatlari Ligasi huzuridagi Ilmiy Tadqiqotlar Institutida o‘qib, qadimiy qo‘lyozmalarni tahqiq qilish yo‘nalishi bo‘yicha magistratura dasturini tamomladim. 2013-yilda Turkiyaning Istanbul shahriga ko‘chib kelib, 2014-yildan boshlab Orta Osiyo Madaniyat va Ta’lim Markazida rahbar lavozimida faoliyat yuritdim. 2017-yilda Istanbulda Sayhun Ta’lim va Madaniyat Markaziga asos soldim. Shu maskanda Registon TV kanalining poydevori qo‘yildi. Registon TV diniy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy mavzularda ixtisoslashgan. 2019-yilda masofaviy ta’lim asosida faoliyat yurituvchi Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Akademiyasiga asos solindi. Akademiyani tashkil etish va rivojlantirish jarayonida asosiy tashkiliy rahbar sifatida faoliyat olib bordim.
Hozirgi kunda Registon TV, Sayhun Ta’lim va Madaniyat Markazi, hamda Imom Abu Hanifa Xalqaro Islom Akademiyasining rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib kelmoqdaman.
Ta'lim Jarayonida O'qiladigan Kitoplar
Kursdan so‘ng siz quyidagilarga ega bo‘lasiz:
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat taqdim etiladi.
Imom Navaviyning “Arba‘in an-Navaviyya” (40 hadis) kitobini yod olish.
Hadis ilmining asosiy qoidalari va hadislarni baholash ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Barcha dars materiallari,video darslar va ma'ruzalarTelegram kanalimiz orqali muntazam ravishda taqdim etiladi.
Darslar qanday o'tiladi?
Siz dars materiallarini o‘rganasiz, vazifalarni bajarasiz va ustoz tomonidan berilgan savollarga javob berasiz.
Kurs davomida ustoz bilanjonli vebinarlaro‘tkaziladi, savol-javoblar va muhokamalartashkil etiladi.
Kurs yakuni va Sertifikat
Kurs yakunida talabalar yakuniy imtihondano‘tkaziladi. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga IMOM ABU HANIFA XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HADISSHUNOSLIKbo‘limining rasmiy SERTIFIKATI taqdim etiladi.
Coworking Plans
Spend some time working in one of the best and coziest places in the city
1 BOSQICH
$150 / 2 Oy
2 oy davom etadigan ta'lim
Video Darslar
PDF Qo'llanmalar
Ustoz bilan jonli Vebinarlar
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga Sertifikat taqdim etiladi.